Oʻzgarishlar tarixi

Nima yangilandi

Klipchi va brend uchun mahsulotda nima oʻzgargani shu yerda yoziladi. Toʻlov, tekshiruv va narx qoidalariga taʼsir qiladigan yangilanishlar alohida belgilanadi.
14-oktabr, 2026
Kampaniyani qayta ishga tushirish
yangi Kampaniya sahifasida «Nusxasini yaratish» tugmasi paydo boʻldi. U shu brif, klip qoidalari, havolalar va fayllar bilan yangi kampaniya ochadi. Muddat va byudjetni oʻzgartirib, moderatsiyaga yuborasiz. Avvalgi kampaniya va uning natijalari oʻzgarmaydi.
12-oktabr, 2026
Klip bir marta yuboriladi
tuzatildi Klip yuborilayotganda tugmada «Yuborilmoqda…» deb yoziladi va javob kelguncha u bosilmaydi. Avval kutish vaqtida tugmani qayta bossangiz, klip qabul qilingan boʻlsa ham xato chiqishi mumkin edi.
10-oktabr, 2026
Ilovaga qaytganda maʼlumotlar yangilanadi
tuzatildi Ilovaga bir necha soatdan keyin qaytganda kliplar, koʻrishlar va balans yangilanadi. Avval baʼzan eski raqamlar qolib ketardi.
10-oktabr, 2026
«Tekshiruv»da faqat oʻz kampaniyalaringiz kliplari
tuzatildi Brend kabinetidagi «Tekshiruv» sahifasida faqat sizning kampaniyalaringizga yuborilgan kliplar turadi. Avval oʻzi ham klip yuboradigan brend egasi boshqa brendga yuborgan klipini shu roʻyxatda koʻrar, uni tasdiqlamoqchi boʻlganda xato chiqardi.
10-oktabr, 2026
Koʻrishlar soni aniqroq
tuzatildi 100 mingdan kam koʻrishlar soni oʻnlik qismi bilan yoziladi, masalan 1,386 koʻrish «1.4K» deb chiqadi. Avval u «1K» deb yaxlitlanar va yonidagi summaga mos kelmayotgandek koʻrinardi.
10-oktabr, 2026
Klip yuborilgan vaqt aniqroq
tuzatildi Brend kabinetida yaqinda yuborilgan klipning vaqti soniya yoki daqiqada koʻrinadi, masalan «12 daqiqa oldin». Avval bir soat toʻlmaguncha «0 soat oldin» deb chiqardi.
8-oktabr, 2026 Qoidaga taʼsir qiladi
Kampaniya moderatsiyasi balans toʻldirilgach boshlanadi
oʻzgardi Kampaniya moderatsiyaga brend balansi uning narxini, yaʼni byudjet va xizmat haqini qoplagach yuboriladi. Balans yetmasa, kampaniya sahifasida yana qancha kerakligi yoziladi. Balans toʻldirilgach kampaniya moderatsiyaga oʻzi oʻtadi.
8-oktabr, 2026
Yangilanishdan keyingi xato va kabinetga kirish
tuzatildi Ilova yoki brend kabineti ochiq turganda yangilansa, keyingi sahifa xato koʻrsatmaydi. Sahifa oʻzi qayta yuklanadi va ochiladi.
tuzatildi Brend kabinetiga kirishda «Kirish» tugmasi ikki marta bosilsa, toʻgʻri kod notoʻgʻri deb chiqmaydi.
7-oktabr, 2026 Qoidaga taʼsir qiladi
Rad etish, shikoyat va kampaniya moderatsiyasi
yangi Har bir kampaniya klipchilarga ochilishidan oldin moderatsiyadan oʻtadi. Oʻtmasa, brend sababini oʻqiydi, tahrirlaydi va qayta yuboradi.
oʻzgardi Klipni rad etayotgan tomon uch yoʻldan birini tanlaydi: qayta ishlashni soʻrash, shu kampaniya boʻyicha rad etish yoki butun brend boʻyicha rad etish.
oʻzgardi Qayta ishlash soʻralsa, nimani tuzatish kerakligi yoziladi va klipchi uni oʻzgarishsiz oʻqiydi. Kampaniya yoki brend boʻyicha rad etilsa, klipchi u yerga boshqa klip yubora olmaydi.
oʻzgardi Shikoyatga klipni rad etgan tomon javob beradi. Brend rad etgan boʻlsa, shikoyatni brend oʻqiydi: qabul qilsa, klip tasdiqlanadi va toʻlanadi, rad etishni qoldirsa, sababini yozadi.
oʻzgardi Shikoyat qabul qilinsa, kampaniya yoki brend boʻyicha cheklov ham olib tashlanadi.
oʻzgardi Rad etish sabablari orasida «Koʻrishlar yetarli emas» endi yoʻq. Yangi joylangan klipda koʻrish kam boʻlishi tabiiy.
7-oktabr, 2026
Kampaniya sahifasi va klip kartasi aniqroq
yangi Kampaniya sahifasida klip toʻlanishi uchun nima kerakligi yozilgan: minimal koʻrishlar, hisob muddati va bitta klip uchun eng koʻp toʻlov.
oʻzgardi Joyi cheklangan kampaniyada birinchi klip muddati qoʻshilishdan oldin ogohlantirish sifatida koʻrinadi.
oʻzgardi Kampaniya kartasi qisqardi. Unda minimal koʻrishlar, bitta klip uchun eng koʻp toʻlov va band joylar qoldi.
yangi Kampaniya byudjeti tugasa, klipingizda shu haqda yozuv chiqadi. Brend byudjetni toʻldirsa, yozuv yoʻqoladi.
yangi Saytda «Yangilanishlar» sahifasi ochildi. Mahsulotdagi oʻzgarishlar shu yerda yoziladi.
tuzatildi Materiallarni yuklab olish uchun kampaniyaga qoʻshilish kerakligi endi kampaniya sahifasida yozilgan. Yuklab olish tugmasi qoʻshilganingizdan keyin ishlaydi.
7-oktabr, 2026
Brend kabineti: brif, qoidalar va klip sahifasi
yangi Brend topshiriqni sarlavha, qalin matn, roʻyxat va havola bilan yozadi. Klipchi brifni mini appda xuddi shunday koʻradi.
yangi Brend «Shunday boʻlsin» va «Bunday boʻlmasin» qoidalarini sudrab tartiblaydi. Klipchi ularni shu tartibda oʻqiydi.
yangi Tayyor roʻyxatni qoida maydoniga qoʻysangiz, har bir satr alohida qoidaga aylanadi.
yangi Har bir klipning oʻz sahifasi bor: post, oʻlchangan koʻrsatkichlar, tasdiqlash va rad etish shu yerda. Yangi klip haqidagi bildirishnoma shu sahifani ochadi.
yangi Brend klip sahifasida qaror oldidan tizim payqagan shubhali holatlarni koʻradi. Signal klipni rad etmaydi va toʻlovni toʻxtatmaydi, qarorni odam chiqaradi.
tuzatildi Brif satrlari bir-biriga qoʻshilib ketmaydi. Brend qanday yozgan boʻlsa, shunday koʻrinadi.
tuzatildi Kabinetdagi roʻyxatlar boʻlim ochilganda yangilanadi. Yangi klipni yoki kampaniyaning yangi holatini koʻrish uchun sahifani qayta yuklash shart emas.
6-oktabr, 2026
Yordam va brend kabineti yaqinroq
yangi Klip yuborish tugmasi ostida qoʻllab-quvvatlash kontakti turadi. Havola oʻtmasa, oʻsha yerdan yozasiz.
yangi Mini appda «Brendmisiz?» qatori paydo boʻldi. U brendni saytdagi kabinetiga olib boradi.
oʻzgardi Brend kabinetiga kirish sahifasi yoʻlni qadam-baqadam koʻrsatadi: kodni Telegram bot beradi, kabinet saytda ochiladi.
30-sentabr, 2026
Agentliklar uchun mijoz brendlari
yangi Agentlik bitta hisobdan bir nechta mijoz brendi nomidan kampaniya yuritadi. Har bir brend nomini Klipchi jamoasi tasdiqlaydi.
yangi Kampaniya kartasida brend logotipi koʻrinadi.
29-sentabr, 2026 Qoidaga taʼsir qiladi
Hisob muddati, joylar va shikoyat
yangi Hisob muddati: brend klip koʻrishlari joylangandan keyin necha kun hisoblanishini belgilaydi. Brend oʻzgartirmasa, bu 30 kun.
yangi Joylar: brend kampaniyaga qoʻshiladigan klipchilar sonini cheklashi mumkin. Nechta joy bandligi kampaniya sahifasida koʻrinadi.
yangi Birinchi klip muddati: joyi cheklangan kampaniyaga qoʻshilgach, birinchi klipni 72 soat ichida yuborasiz. Muddat tugashidan 24 soat oldin eslatma keladi. Klip yuborilmasa, joy boshqa klipchiga oʻtadi.
oʻzgardi Daromad prognozi faqat tasdiqlangan kliplaringiz asosida hisoblanadi va kampaniya toʻlay oladigan summadan oshmaydi.
oʻzgardi Rad etilgan klip ustidan shikoyat qilsangiz, yozganingizni jamoa oʻqiydi. Shikoyat qabul qilinsa, klip tasdiqlanadi va boshqa kliplar kabi toʻlanadi.
yangi Instagram orqali maʼlumotingizni oʻchirishni soʻrasangiz, Klipchi Instagramdan olgan maʼlumotni oʻchiradi. Kliplar, koʻrishlar va toʻlovlar moliyaviy hisob sifatida saqlanadi.
22-sentabr, 2026 Qoidaga taʼsir qiladi
Reels sizniki ekanini Instagram tasdiqlaydi
oʻzgardi Yuborilgan Reels ulangan Instagram akkauntingizda joylangan boʻlishi kerak. Boshqa akkauntdagi Reels qabul qilinmaydi.
yangi Reels koʻrishlari ulangan akkauntingiz orqali oʻqiladi.
oʻzgardi Instagramni ulab qaytganingizda forma yozgan havolangizni saqlab turadi.
tuzatildi Mini appni birinchi marta ochganda chiqadigan «Kirib boʻlmadi» xatosi tuzatildi. Kirishda muammo boʻlsa, ekranda nima ishlamagani yoziladi.
tuzatildi Instagramni ulash baʼzan oxiriga yetmay qolardi. Tuzatildi.
20-sentabr, 2026 Qoidaga taʼsir qiladi
Instagram Reels, oʻz videongiz va toʻlov kartasi
oʻzgardi Kampaniyalar hozircha Instagram Reels uchun ochiladi.
yangi Instagram akkauntingizni birinchi Reels yuborishda bir marta ulaysiz. Instagramning oʻz sahifasida kirasiz, parolingiz Klipchiga berilmaydi.
yangi Kampaniyada material boʻlmasa, videoni brif va oʻz gʻoyangiz asosida oʻzingiz yaratasiz. Material boʻlsa, klipni undan kesasiz.
yangi Toʻlov kartasi profil sahifasida ulanadi: karta egasining ismi va Humo yoki Uzcard karta raqami.
8-sentabr, 2026
Klipchi ishga tushdi
yangi Klipchi Telegram mini appda ochildi. Kampaniyalarni koʻrasiz, qoʻshilasiz, klip havolasini yuborasiz, daromad va toʻlovni kuzatasiz.
yangi Toʻlov tasdiqlangan koʻrishlar uchun hisoblanadi. Obunachilar soni hisobga olinmaydi, klipchidan komissiya olinmaydi.
yangi Brend byudjetni kampaniya boshlanishidan oldin band qiladi. Sarflanmagan qismi brendga qaytadi.
yangi Brifni oʻqish va kampaniyaga qoʻshilish uchun hech narsa ulash shart emas.
yangi Har bir klipni odam koʻrib chiqadi. Klip rad etilsa, sababi yoziladi.
yangi Telegram bildirishnomasidagi tugma aynan oʻsha klip, kampaniya yoki toʻlov sahifasini ochadi.
yangi Brend kabinetidagi «Kliplar» boʻlimida kampaniyaga kelgan har bir klip, uning holati va toʻlovi koʻrinadi.